Янгиликлар
Advokatlik guvohnomasini berish tartibi belgilandi.
Advokatlik guvohnomasini berish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori (226-son. 01.06.2023 yil) bilan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to’g’risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro’yhatdan o’kazilgan joy bo’yicha xududiy adliya organlari tomonidan 10 yilga beriladi. Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan so’ng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali electron shaklda adliya organiga yuboradi. Advokatlik guvohnomasini berish uchun to’lov undirilmaydi. Ariza yuborilgandan so’ng 2 ish kunida advokatlik guvohnomasi beriladi. Advokatlik guvohnomasi tayyor bo’lishi bilan talabgor axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabaarnoma yuboriladi.
Talabgorga advokatlik guvohnomasini berish quyidagi hollarda rad etiladi.
talabgor advokatlik tuzilmasini tashkil etmagan yoki mavjud advokaylik tuzilmalaridan biriga qabul qilinmagan bo’lsa
talabgor advokat qasamyodini qabul qilmagan bo’lsa.
Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kodni skanerlash imkoni bo’lmaydigan darajada yaroqsiz holga kelganda haqiqiy emas deb hisoblanadi. Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrix shitrixli kod) tasvirin yaroqsiz holatga kelishining oldini olish imkoni beradigan texnologiyada tayyorlanishi ta’minlanadi.
Advokatlik guvohnomasi quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi.
advokatning familiyasi ismi yoki otasining ismi o’zgarganda uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirilgandan so’ng
advokat boshqa adliya organi joylashgan xududda ro’yhatdan o’tgan advokatlik tuzilmasiga kirganda
advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda
advokatlik guvohnomasi yo’qotilgan yoki yaroqsiz holga kelganda.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi D.Kodirova