Янгиликлар
Maxalliy kuzatuvchilar kim va ularni ruyxatga olish tartibi
Maxalliy kuzatuvchilar kim va ularni ruyxatga olish tartibi
Saylovda kuzatuvni amalga oshiruvchi shaxslar kuzatuvchilar deyiladi. Bugungi kunda ular xorijiy (xalqaro) va maxalliy kuzatuvchilarga boʻdinadi.
Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakillari xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etadilar.
Mahalliy kuzatuvchilar partiyaviy va mustaqil (nopartiyaviy) boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga koʻrsatgan nomzodi roʻyxatga olinganda siyosiy partiya oʻz kuzatuvchilarini tayinlash xuquqiga eta boʻladi.
Mamlakatimizda mustaqil kuzatuvchilarni koʻrsatish xuquqiga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ega.
Siyosiy partiya aʼzosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh boʻlgan har qanday Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi siyosiy partiyadan kuzatuvchi boʻlishi mumkin,
Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shaqar Kengashlari deputatligiga ushbu siyosiy partiyadan koʻrsatilgan nomzod roʻyxatga olingan kundan boshlab okrug saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosari, maslaxdtchisi. shuningdek, fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi boʻlishi mumkin.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari okrug saylov komissiyasi tuzilganvdan keyin ularga argaa bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
• kuzatuvchilarning roʻyxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami koʻrsatilgan holda),
• ularning shaxsini tasdiqlovchi xujjat nusxalari,
• 3x4 sm. oʻlchamdagi ikki dona fotosurat.
Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyalariga saylovga kamida 10 kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin. Okrug saylov komissiyasi siyosiy partiya tashkilotining va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining arizasini olgandan keyin 5 kun ichida qaror qabul qiladi va kuzatuvchi uchun mandat beradi. CD Mandatda siyosiy partiyani boshqa siyosiy partiyadan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan farkdash uchun aloxdda belgilar (mandat rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.
Siyosiy partiya tashkiloti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari okrug saylov komissiyasidan mandatlarni olgandan soʻng ularni kuzatuvchilarga yetkazilishini taʼminlaydi.
Kuyidagi hollarda kuzatuvchiga mandat berish rad etilishi mumkin:
- kuzatuvchiga nomzod 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
- saylovga oʻn besh kundan kam muddat qolganda murojaat etilsa; - tegishli saylov okrugi boʻyicha siyosiy partiyadan nomzod roʻyxatga olinmagan boʻlsa (siyosiy partiyaning kuzatuvchilari uchun);
- fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi boʻlmasa (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining kuzatuvchilari uchun);
- ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa. Kuzatuvchining vakolat muddati unga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi. Saylov komissiyalari kuzatuvchining mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan roʻyxatga olgandan keyin unga oʻz vakolatlarini toʻlaqonli va toʻsqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi. Tegishli saylov komissiyasi tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan takdirda, kuzatuvchilar mandatining amal qilishi tegishli muddatga uzaytiriladi
Oxangaron tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi Ch. Urazova