Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xorijiy kuzatuvchilar kim va ularni ruyxatga olish tartibi


Xorijiy kuzatuvchilar kim va ularni ruyxatga olish tartibi

Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakillari xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etadilar.

Saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilinganidan soʻng, MSK xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlarga Tashqi ishlar vazirligi orqali taklifnoma yuboradi. Tashqi ishlar vazirligi oʻz tashabbusiga koʻra yoki davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa tashkilot va muassasalar takliflariga koʻra saylovlarga xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni taklif etadi.

Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar ham saylovlarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish istagini izhor etib, Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etishi mumkin.

Saylovda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklif etilgan, shuningdek, bunday istakni izhor etgan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar oʻz kuzatuvchilarining roʻyxati, shaxsini tasdiqlovchi xujjatlari nusxalar, elektron foto suratlari va qonun hujjatida belgilangan mazmundagi anketalarni Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qiladi, Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar tegishli hujjatlarni ovoz berish kunidan kamida oʻn kun oldin taqdim etishi lozim.

Tashqi ishlar vazirligi tegishli xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining xujjatlarini ilova qilgan holda MSKga taqdimnoma kiritadi.

MSK besh kunlik muddatda xorijiy (xalkaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Akkreditatsiya kilingan xorijiy (xalkaro) kuzatuvchilarning roʻyxati MSKning rasmiy veb-saytida eʼlon kilinadi.

Kuyidagi hollarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarni akkreditatsiya kdlish rad etilishi mumkin;

- akkreditatsiya uchun takdim etilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagidagi nizom talablariga javob bermasa;

- xujjatlar belgilangan muddatdan kech taqdim qilinsa;

- xorijiy (xalqaro) kuzatuvchining yoki uning nomzodini koʻrsatgan tashkilotning faoliyati milliy qonunchilikka zid boʻlsa yoki Uzbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va milliy manfaatlariga xavf solsa.

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolat muddati ularga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi.

 

         Oxangaron tuman adliya boʻlimi

         yuridik xizmat koʻrsatish markazi

         boshligʻi                                                                           Ch. Urazova