Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Bugungi kunda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanib, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Bugungi kunda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanib, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

30.04.2023 yildan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 220-moddasiga asosan. Bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi belgilangan.

Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qonunchilikda o‘ziga ish staji uchun har yilgi uzoqroq qo‘shimcha mehnat ta’tillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.

Agar xodim ish beruvchining taklifiga ko‘ra ishga qabul qilingan bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi ish staji kiritiladi. Mikrofirmalar xodimlariga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ushbu Kodeksning 505-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda beriladi.

 

                                             Qibray tuman Adliya bo’limi, Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i

3-darajali yurist

Sarvar Xolmuxamatov Naufal o’g’li