Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

PEDAGOG XODIMLARNING YILLIK MEHNAT TA’TILLARINING DAVOMIYLIGI ME’YORLARI BELGILANDI


PEDAGOG XODIMLARNING YILLIK MEHNAT TA’TILLARINING DAVOMIYLIGI ME’YORLARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.06.2023 yildagi 263-son qaroriga muvofiq pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’tillar davomiyligi me’yorlarini belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 501-moddasiga ko‘ra pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. VMQ 263-son qarorga ilova qilingan jadvalga asosan pedagoglarga quyidagicha yillik mehnat ta’tillari beriladi:

Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari:

1.

Direktor

42

2.

O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog

56

3.

Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari, psixolog

42

4.

Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, xoreograf, suzish bo‘yicha yo‘riqchi, tarbiyachi yordamchisi

27

 

Jismoniy yoki psixik va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan hamda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari

1.

Direktor

56

2.

O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog

56

3.

Tarbiyachi, tarbiyachi-metodist, musiqa rahbari, eshitish xonasi yo‘riqchisi

56

4.

Psixolog

42

5.

Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, xoreograf, suzish bo‘yicha yo‘riqchi, tarbiyachi yordamchisi

27

Umumiy orta talim tashkilotlari

Boshlangich, umumiy orta talim maktablar va maktab-internatlar, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, alohida talim ehtiyojlari bolgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan talim muassasalari, Respublika oquv-tarbiya muassasalari

1.

Direktor, ijrochi direktor, uning o‘rinbosarlari (ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, xo‘jalik mudiridan tashqari), direktor maslahatchisi, maktab maslahatchisi

56

2.

O‘qituvchi, o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachisi va katta tarbiyachisi

56

3.

Katta tarbiyachi, tarbiyachi, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, tungi tarbiyachi, navbatchi tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi, psixolog, ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchi, eshitish xonasi yo‘riqchisi, to‘garak rahbari, musiqa rahbari, ta’lim ustasi

42

Mazkur qarorda keltirilgan izohga ko‘ra ko‘pchilikni qiziqtirayotgan dam olish kunlariga haq to‘lanish masalasiga ham oydinlik kiritildi: Ushbu me’yorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmasligi belgilandi.

Qibray tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi boshyuristkonsulti                                   O.Hamrayev