Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun haq to‘lanadimi?


 Ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun haq to‘lanadimi?

30.04.2023 yildan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 262-moddasida ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash belgilangan.

Ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi.

Jamoa shartnomasida, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan qabul qilingan ichki hujjatda, mehnat shartnomasida ish vaqtidan tashqari ish uchun qo‘shimcha to‘lovlarning yuqoriroq miqdorlari nazarda tutilishi mumkin.

Xodimning xohishiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq to‘lash o‘rniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qo‘shimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Bunday holda ish vaqtidan tashqari ish uchun bir hissa miqdorida haq to‘lanadi, dam olish vaqti uchun esa haq to‘lanmaydi.

Qibray tuman Adliya bo’limi, Yuridik

xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i

3-darajali yurist

Sarvar Xolmuxamatov Naufal o’g’li