Янгиликлар
Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, no
Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yoʻnalishlarida 2023-yilning 2-choragida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, hisobot davrida boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan 4 565 ta murojaatning 4 317 tasi yoki 94,5 % hal qilinishi, shu jumladan 2 866 tasi (62,7%) qanoatlantirilishi va
1 451 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berilishi taʼminlandi.
337 ta monitoring va 144 ta oʻrganish oʻtkazilib, aniqlangan jami
18 035 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli tashkilotlarga 755 ta taqdimnoma, sudlarga jami 30,5 mlrd. soʻmlik 778 ta daʼvo arizalari kiritilishi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 424 ta maʼmuriy materiallar rasmiylashtirildi.
Kiritilgan taqdimnoma, daʼvo ariza va maʼmuriy materiallarga muvofiq 64,7 mlrd. soʻmlik mablagʻlarning undirilishi, 25,3 mlrd. soʻmlik 656 ta daʼvo arizalarining qanoatlantirilishi, 8 724 ta noqonuniy qarorlarning bekor qilinishi va haqiqiy emas deb topilishi, 306 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan
31 nafari bilan mehnat shartnomalarining bekor qilinishi shuningdek, 412 nafar shaxsning maʼmuriy javobgarlikka tortilishi taʼminlandi.