Янгиликлар
Oʻzbekistonning bir qator elchixonalarida transport masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
Oʻzbekistonning bir qator elchixonalarida transport masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
"Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni (PF–94-son, 14.06.2023-y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, Transport vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etildi:
Transport nazorati inspeksiyasi;
Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish idoralararo kengashi.
Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va yoʻl xoʻjaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Transport nazorati inspeksiyasiga oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun quyidagi vakolatlar beriladi:
avtomobilda yuk va yoʻlovchi tashish, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yoʻl xoʻjaligi sohasida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
avtotransport vositasida yuk va yoʻlovchilar tashish qoidalarining buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yoʻlovchi tashishni nazorat qilish boʻyicha statsionar va mobil postlarda tekshirish uchun toʻxtatish.
Oʻzbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Latviya Respublikasidagi elchixonalarida transport masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi.
2023-yil 1-sentyabrgacha jamoat transportida tashuvlar sifatini yaxshilash va xizmatlar jozibadorligini oshirish hamda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashuvchilar reytingini joriy etish yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqiladi.
Abdulaziz Kazimbayev
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti