Янгиликлар
Muddatli mehnat shartnomasi qanday holatlarda tuziladi?
Muddatli mehnat shartnomasi qanday holatlarda tuziladi?
Mehnat kodeksida xodimlar huquqlarini himoya qilish maqsadida mehnat shartnomasini muayyan muddatga tuzish cheklagan boʻlib, quyidagi holatlarda bunga yoʻl qoʻyiladi:
ish joyi oʻzida saqlanib qoladigan, lekin oʻzi ishda boʻlmaydigan (oʻqishga ketgan, “dekret”ga chiqqan) xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun;
vaqtinchalik (ikki oygacha) ishlarni bajarish uchun;
tabiiy sharoitlar tufayli mavsumiy ishlarni bajarish uchun;
ish beruvchining odatdagi faoliyati doirasidan tashqariga chiqadigan ishlar (rekonstruksiya qilish, montaj qilish, sozlash) uchun;
ishlab chiqarish hajmini oldindan maʼlum boʻlgan vaqtinchalik kengaytirish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun;
maʼlum muddatga tashkil etilgan tashkilotlarga ishga kirayotgan shaxslar bilan;
ishning tamomlanishi aniq sana bilan belgilanishi mumkin boʻlmagan hollarda muddatli xususiyatga ega boʻlgan ishlar uchun;
ishlab chiqarishda oʻqitish shartnomasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarish, haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki stajirovkani oʻtash uchun;
vaqtinchalik xususiyatga ega ishlarga yoki haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan shaxslar bilan;
muqobil xizmatni oʻtash uchun yuborilgan fuqarolar bilan;
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan tuziladi.
Islamov Muzaffar
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti