Янгиликлар
ENDILIKDA TINTUV O‘TKAZISH HAQIDAGI QARORNI PROKUROR EMAS, SUD SANKSIYALASHI MUMKIN
ENDILIKDA TINTUV O‘TKAZISH HAQIDAGI QARORNI PROKUROR EMAS, SUD SANKSIYALASHI MUMKIN
Oliy sud taqdim etgan qonun loyihasiga ko‘ra, tintuv o‘tkazish haqida sud ajrim chiqaradi.
Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda tintuv sudning sanksiyasisiz o‘tkazilishi mumkin, lekin bunday holda keyinchalik shu o‘tkazilgan tintuv haqida yigirma to‘rt soat ichida sudga xabar qilinadi.
Basharti sudya tintuvni qonunga xilof o‘tkazilgan deb topsa, uni o‘tkazish davomida olingan barcha dalillar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 95-1-moddasiga muvofiq nomaqbul deb topiladi.
Bu hali qonun loyihasi. Qonun sifatida qabul qilinishini intizorlik bilan kutib qolamiz.
Ma’lumot o‘rnida: Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 31-moddasida “uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi”, - deb belgilangan.
Ro‘ziyeva Sharofat
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i