Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?


Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Haqorat qilganlik – shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 600 ming soʻmdan 13 mln 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:

66 mln soʻmgacha miqdorda jarima;

240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

Nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat toʻgʻridan-toʻgʻri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

66 mln soʻmdan 132 mln soʻmgacha jarima;

240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Agarda haqorat qilish:

jabrlanuvchini oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bogʻliq holda;

xavfli retsidivist tomonidan;

tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan boʻlsa:

132 mln soʻmdan 198 mln soʻmgacha miqdorda jarima;

2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Kuyi Chirchik tumani adliya bulimi

yuridik xizmat kursatish markazi boshligi           Sh.I.Suleymanov