Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Alimentni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun javobgarlik belgilanganligini bilasizmi?


Alimentni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun javobgarlik belgilanganligini bilasizmi?

 

Xalqimizda bola — poshsho, degan naql bor. Ularning shirin soʻzlari, goʻzal tabassumi uchun har narsaga tayyormiz. Va bu baxtga oilasi, turmush tarzi, yashash muhitidan qatʼiy nazar har qanday murgʻak qalb egalari haqlidir.

Turmush qurgan ikki yosh farzand koʻrib tezroq ota-onalik baxtiga muyassar boʻlishni hohlashadi.

Farzand – bu ota-onaning quvonchi, baxti, hayot davomchisi. Farzand nafaqat oila uchun, balki jamiyat va Vatan uchun ham azizdir.

Mamlakatimizda inson huquqlari boʻyicha umumeʼtirof etilgan tamoyillar ustuvorligini taʼminlash, bola huquqlariga oid milliy qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro shartnomalar bajarilishini huquqiy tartibga solish boʻyicha bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Shulardan biri 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan Bola huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi.

Eng asosiysi, yurtimizda bola huquqlari va manfaatlarini himoyalash boʻyicha kompleks huquqiy asoslar yaratilgan.

Asosiy qonunimiz hisoblanmish Konstitutsiyamizning 77-moddasida ham Ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar deb belgilab qoʻyilgan.

Shuningdek, davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning taʼlim olishini, sogʻlom, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishini taʼminlaydi. Konstitutsiyaning 78-moddasida-Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdigi belgilanib, onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Lekin, afsuski, oʻz farzandlarini dunyoga keltirib, jamiyat va qonun oldidagi majburiyatlarini unutib, moddiy, maʼnaviy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taʼminlamay, beeʼtibor ota-onalar ham jamiyatda yashab kelmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinishi bilan “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-sonli qaroriga binoan Ombudsman hozirda oʻz oʻrinbosariga – bolalar huquqlari boʻyicha vakilga ega.

Bunga bugungi kunda bola taʼminotidan boʻyin tovlab kelayotgan shaxslarga oʻz huquq va majburiyatdarini yaʼni aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvga muvofiq aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan boʻlsa, aybdor shaxs ushbu kelishuvda belgilangan tartibda javobgar boʻlishi, sudning hal qiluv qaroriga koʻra aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning aybi bilan qarz vujudga kelgan boʻlsa, aybdor shaxs kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmay qolgan aliment summasining oʻndan bir foizi miqdorida aliment oluvchiga neustoyka toʻlaydi.

Aliment oluvchi aliment oʻz vaqtida toʻlanmaganligida aybdor aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsdan aliment toʻlash majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan barcha zararlarning neustoyka bilan qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, yaʼni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida notoʻgʻri maʼlumotlar berganlik, ijro hujjatini yoʻqotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor oʻzining yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida maʼlum qilmaganligi javobgarlikka sabab boʻladi.

Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlashni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment toʻlash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa jinoiy javobgarlikka sabab boʻaldi.

Ammo, shaxs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.

Shuningdek, aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari taraflardan birining oʻlimi, mazkur kelishuv muddatining oʻtishi yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra tugaydi.

         Albatta bola huquqlari inson huquqlarining asosidir. Inson bolaligidanoq, eng avvalo oilada, maktabda, keyinchalik jamiyatda har tomonlama himoyalanganligini his etsa, anglasa oʻziga boʻlgan ishonchi ortib boraveradi. Bu esa kelajakda komil, bilimli, yetuk insonlar kamol topayotganligidan dalolatdir.

         Maʼlumki, har bir inson eʼtibor va mehrdan kuch olib yashaydi. Ana shu mehr-oqibat bor joyda yangilanish, yuksalish, ezgu maqsadlar sari shaxdam odimlash boʻladi.

Gap moddiyatda emas, ota-ona, oila muxitidan uzoq, ammo oʻrnini hech narsa bosa olmaydigan mehrga chanqoq qalblarga ozroq boʻlsada taskin, quvonch baxsh eta olish katta baxt.

Umuman bugungi kunda amalga oshirayotgan barcha ishlarimiz birinchi galda farzandlarimizning baxtu saodati, ularning yorugʻ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Odobli, bilimdon, aqlli, sogʻlom, mehribon hamda mehnatsevar farzand nafaqat ota-onasining, balki butun jamiyat va xalqning boyligidir. Farzandlarimizni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashimiz, ularning kamolga yetishi, sogʻlom hayoti va yorugʻ kelajagini taʼminlashimiz, maʼnaviyat qoʻrgʻoni boʻlgan oilani mustahkamlash barchamizning burchimiz ekanligini zinhor yoddan chiqarmasligimiz lozim.

 

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                             Nazokat Anarqulova