Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

“20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” DASTURI ishga tushdi.


20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” DASTURI ishga tushdi.

 

Tadbirkorlik – oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromat olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanalib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu lavozimda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni   qisqartirish va fuqarolarning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlarga keng imkoniyatdar yaratib, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili kasb-hunarga oʻqitishga 200 milliard soʻm ajratilayotgani, mazkur mablagʻlar tadbirkorlik subyektlarining mutaxassislarga ehtiyoji bilan bogʻlanmaganligi va tadbirkor ham katta harajat qilib, oʻzi uchun minglab mutaxassis tayyorlashga majburligida davlat qoʻllab-quvvatlovi yetishmayotganligi sababli, joriy yilning 07-iyulida Vazirlar Mahkamasining “20 ming tadbirkor-500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 279-son qarori qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Mazkur qarorga binoan, mazkur dastur doirasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar hokimlik va vazirliklar bilan tegishli hamkorlik shartnomalarini imzolaydilar.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni kamida bir yil davomida ish bilan taʼminlagan tadbirkorlarga (ular jami ishchilar sonining kamida 20% tashkil etganda) quyidagi miqdorlarda soliq imtiyozlari taqdim etiladi:

-51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrin yaratilganda – mol-mulk va yer soligʻi 50% ga kamaytiriladi;

- 5 million soʻmgacha ish haqi toʻlayotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.

-101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrinlari yaratilganda – mol-mulk va yer soligʻi 75% ga kamaytiriladi;

-200 tadan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilganda mol-mulk va yer soligʻidan toʻliq ozod etiladi.

        Shuningdek, dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona maʼmurchiligida yengilliklar oladi. Xususan:

- ular faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi;

-ularga qoʻshilgan qiymat soligʻi, shuningdek, ortiqcha toʻlangan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;

-qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;

-barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib toʻlash imkoni beriladi;

-bojxona toʻlovlarini sugʻurta kafolatisiz olti oyga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

         Bundan tashqari, dasturga kiritilgan tadbirkorlarga bojxonada “yashil yoʻlak” rejimi qoʻllaniladi.

         Umuman olganda, dasturda aholi bandligini taʼminlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy ragʻbatlar taqdim etish zarurligini qayd etib, kambagʻal oilalar aʼzosini kasbga oʻqitib, ishli qilish boʻyicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit berilishi, tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilishi va jihozlashi hamda kasbga oʻqitishi xarajatlari toʻliq qoplab berilishi belgilangan.

 

 

 

 

Quyi Chmrchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                      Nazokat Anarqulova.