Янгиликлар
O‘smirlarni qanday ishlarga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi
O‘smirlarni qanday ishlarga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 411-moddasiga ko‘ra: O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar belgilangan. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq belgilanadigan eng kam ish o‘rinlari hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi bilan ishga joylashish kafolatlanadi. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi. Hukumatning 14.07.2023 yilda 290-sonli qarori bilan ushbu ro‘yxat tasdiqlangan bo‘lib. O‘smirni ishga qabul qilishdan avval ish beruvchi birinchi navbatda mo‘ljallanayotgan ishning mazmuni va tabiatini aniqlashi va uning og‘ir ish va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan o‘smirlarning mehnati taqiqlangan zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan ishlash ro‘yxatiga kiritilganmi-yo‘qmi, tekshirishi kerak. Ushbu ro‘yxatda to‘rt mingdan ortiq kasblar mavjud. Misol uchun, unga nonvoy kabi kasblar va ish turlari kiritilgan, lekin faqat bevosita pechda ishlaydigan, xamir ishlab chiqaradigan, paxta teruvchi, muzqaymoq ishlab chiqaruvchi, bo‘yoqchi. Mehnat kodeksining 421-moddasiga ko‘ra: Mehnat shartnomasini bekor qilishda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha kafolatlar berilgan. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Qibray tuman adliya bo‘limi YUXKM
Bosh yuristkonsulti O.Hamrayev.