Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Konstitutsiyaviy islohotlar bugungi davr taqozosi va talabi


Konstitutsiyaviy islohotlar bugungi davr taqozosi va talabi

 

Tub burilishlar davri oʻz navbatida nafaqat amaldagi qonunchilik, balki mamlakat Konstitutsiyasini ham isloh qilish, yangi davr maqsadlarini unda toʻliq aks ettirish vazifasini kun tartibiga qoʻymoqda. Ayni shu ma’noda Konstitutsiyaviy islohotni bugungi davr taqozosi va talabi, mahalla institutlarining yangi bosqichga koʻtarilishi deb aytish mumkin. Shu maqsadda ham amaldagi Konstitutsiya hozirgi kun talablariga javob berishi, unda mahalla instituti masalalari bilan bogʻliq talay huquqlar aks etishi maqsadida ham aniq takliflar ustida ish olib borildi.

Avvalgi Konstitutsiyamizda viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etish nazarda tutilgan edi. Bu norma hokimlarga juda ko‘plab vakolatlarni bergan bo‘lib, xalqning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi asosiy organ hisoblangan vakillik organining ko‘plab vazifa va funksiyalarini cheklashga olib kelayotgan edi.

Shunga ko‘ra, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning Mahalla instituti ham aynan, vakillik organiga hokimlarning emas, balki deputatlarning orasidan ovoz berish orqali aniqlanadigan rais saylanishi belgilandi. Ya’ni Konstitutsiyamizning 120-moddasiga ko‘ra, Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir. Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas. Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas. Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi. Yangidan tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari Kengashlariga saylov xalq deputatlari Kengashlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan davrdan oshmaydigan muddatga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, Konstutitsiyamizning 120 va 121-moddalarida xalq deputatlari Kengashlari raislari va hokimlarning surunkasiga ikki marta ayni bir tuman, shahar, viloyatlarga saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emasligining mazkur moddada belgilanishi bir xil qarashlarning oldini olish, doimiy rivojlanib borish uchun qo‘yilgan kichik qadamlardan hisoblanadi.

Shuningdek, avvalgi Konstitutsiyamizda faqatgina hokimlar o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda esa ushbu modda to‘ldirilib, xalq deputatlari Kengashi so‘zlari bilan to‘ldirildi.

 

Qibray tumani Adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                                                      A.Aliyev