Янгиликлар
Intizomiy jazo qo‘llashdagi yangi normalar
Intizomiy jazo qo‘llashdagi yangi normalar
30 aprel 2023 yildan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ancha ko‘p yangi moddalarni, normalarni o‘z ichi olgan. Mazkur kodeksga intizomiy jazo chorasini qo‘llash tartibi bo‘yicha bir necha yangi normalar kiritilgan bo‘lib, bunda kodeksning 313-moddasiga asosan ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida, xodim ishda bo‘lmagan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoning sabablari ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib e’lon qilinishi belgilandi. Vaxolanki, eski Mehnat kodeksida bunday uch kunlik muddat belgilanmagan bo‘lib, faqat xodimga intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyrug‘i (farmoyishi) yoki qaror ma’lum qilinishi ba tilxat olinishi belgilangan edi.
Bundan tashqari yangi Mehnat kodeksiga asosan agar xodim o‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash haqidagi buyruq bilan tanishtirilmagan xodim intizomiy jazosi bo‘lmagan deb hisoblanishi ham belgilangan.
Xodimning o‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni rad etishi hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda xodim buyruq bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi.
Qibray tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Bosh yuriskonsult Sh.Auesbaeva