Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

ISH HAQINI NATURA SHAKLIDA TO‘LASH TARTIBI BELGILANDI


ISH HAQINI NATURA SHAKLIDA TO‘LASH TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.07.2023 yildagi ish haqini natura shaklida to‘lashni tartibga solish to‘g‘risida 286-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, Mehnatga natura shaklida haq to‘lanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin:

Xodim yoki uning oilasi iste’moli uchun ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

O‘ziga xizmat ko‘rsatilishi va uy xo‘jaligini yuritishda ko‘maklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish.

ish haqini natura shaklida to‘lash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi. Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ish haqini natura shaklida to‘lashda quyidagilar taqiqlanadi:

xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lganda, ish haqini natura shaklida to‘lash;

qishloq xo‘jaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash;

alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis o‘simligi hamda qonunchilikda realizatsiya qilish (berish) taqiqlangan o‘simlik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish;

uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.

Bunda qishloq xo‘jaligi tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar sifatsiz yoki iste’molga yaroqsiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqatlarni, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq kelmaydigan uy-joyni taqdim etishi mumkin emas.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi YUXKM

Bosh yuristkonsulti                                                                                    O.Hamrayev.