Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

ADVOKATLIK GUVOHNOMASINI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOM


ADVOKATLIK GUVOHNOMASINI BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOM

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.06.2023 yildagi 226-son qarori bilan Advokatlik guvohnomasini berish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

advokatlik guvohnomasi bu QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan advokatning maqomini tasdiqlovchi hujjat.
advokatlik tuzilmalari bu advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hay’ati va yuridik maslahatxona.

advokatlar reyestri  bu advokat va uning maqomi hamda advokatlik tuzilmasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron ma’lumotlar bazasi.
talabgor bu advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan, advokatlik guvohnomasini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs

 Advokatlik guvohnomasi talabgor faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan o‘n yil muddatga beriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi. Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan so‘ng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron shaklda adliya organiga yuboradi.

Ariza har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Bunda, arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni ariza adliya organiga kelib tushgan kun hisoblanadi.

Ariza ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli belgi avtomatik ravishda axborot tizimi orqali talabgorga yuboriladi.

Talabgor advokatlik guvohnomasini olish uchun taqdim qilgan arizasini ko‘rib chiqish holatini axborot tizimi orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.

Advokat advokatlik guvohnomasi saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Advokatlik guvohnomasini boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi YUXKM

Bosh yuristkonsulti                                                                                        O.Hamrayev.