Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Qanday turdagi xodimlarga xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish belgilangan?


Qanday turdagi xodimlarga xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish belgilangan?

30.04.2023 yildan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 242-moddasida  Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish belgilangan,

Xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:

1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;

ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;

o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;

qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga.

Qibray tuman Adliya bo’limi, Yuridik

xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i

3-darajali yurist

Sarvar Xolmuxamatov Naufal o’g’li