Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mehnat ta’tillari uchun haq qachon to’lab berilishi kerak


Mehnat ta’tillari uchun haq qachon to’lab berilishi kerak

MK 233-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta’til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Demak, misol uchun xodim 5-iyuldan ta’tilga chiqib ketayotgan bo’lsa, ta’til puli 4-iyuldan kechikmasdan tashlab berilishi kerak. Aks holda, MJTK 49-moddasiga ko’ra, mansabdor shaxsga mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (3 million 300 ming so’mgacha) miqdorda jarima solinishi mumkin.

MK 333-moddasiga ko’ra, ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

Bu holatda alohida e’tibor qaratishimiz lozim bo’lgan holat bor. Chunki mehnatga haq to‘lashning ishbay va vaqtbay shakllariga qarab, shuningdek ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni bo‘lmagan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hisoblash tartibi farq qiladi.

O`rta Chirchiq tumani YUXKM

bosh yuriskonsulti                                                                    M.Parxatov