Янгиликлар
Ish yili tushinchasi haqida tushintirish.
Ish yili tushinchasi haqida tushintirish.
Mehnat kodeksining 225-moddasida ish yili tushinchasiga quyidagicha tarif berilgan. Ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida o‘n ikki oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi. ( M/s: 2022-yil 5-iyuldan 2023-yil 4-iyulgacha)
Agar Mehnat kodeksning 226-moddasiga muvofiq ish yiliga kiritiladigan davrlarning summasi to‘liq o‘n ikki kalendar oydan kam bo‘lsa, xodimning ish yili yetishmayotgan vaqtga suriladi.
Tashkilotda hodim lavozimi o’zgarsa ish yili ham o’zgaradimi?
Yo`q ish yiliga ta’sir qilmaydi. Lekin ta’til berilganda ta’tiliga tasir qilishi mumkin. Masalan tashkilotda xodim kadrlar bo’yicha menejer lavozimida 6 oy ishladi kadr ta’tili 24 kun edi, endi bu davrga 12 kun. Keyin tashkilot yuristlik lavozimiga o`tdi unda 36 kun belgilangan. Xodimu yerda ham 6 oy ishladi shu davrga mutanosib 18 kun ta’til beriladi. Umumiy yillik mehnat ta’tili 12+18=30 kun ta’til bo`ladi pul to`langanda hamm shu kunlarga mos ravishda to`lanadi.
O`rta Chirchiq tumani YUXKM
bosh yuriskonsulti M.Parxatov