Янгиликлар
Ishsizlik nafaqasining berilish tartibi
Ishsizlik nafaqasining berilish tartibi
Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunning 44-moddasiga asosan, oʻn olti yoshdan to pensiya taʻminoti huquqini olish yoshigacha boʻlgan, haq toʻlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʻlim muassasalarida taʻlim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb eʻtirof etiladi.
Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz sizga ishsizlik nafaqasi toʻlanishi mumkin.
Ushbu qonunning 45-moddasida shaxslarni ishsiz deb eʻtirof etishni rad qilish uchun asoslar sanab oʻtilgan. Mazkur norma bilan ham tanishib chiqing. Shuningdek, qonunning 26-moddasiga binoan, mahalliy mehnat organining xodimlari ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni tezroq ishga joylashtirish, shuningdek ularning ijtimoiy himoyalanganligini taʻminlash uchun barcha saʻy-harakatlarni ishga solishi shart.
Yuqoridagi qonunni oʻqib chiqib va tuman (shahar) mahalliy mehnat organiga murojaat qilish orqali ishsizlik nafaqasi olish mumkin.
O`rta Chirchiq tumani YUXKM
bosh yuriskonsulti M.Parxatov