Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Noqonuniy boshqa ishga o‘tkazish bo‘yicha da’vo muddati


Noqonuniy boshqa ishga o‘tkazish bo‘yicha da’vo muddati

Aslida quyi sudlarning qarorlarini ko‘rmasdan turib, yakuniy xulosa aytishimiz qiyin. Agarda sizni bosh mutaxassis lavozimiga doimiy ravishda o‘tkazishgan bo‘lsa, o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan eski Mehnat kodeksining 92-moddasi talabiga ko‘ra sizni roziligingiz olinishi shart edi.

Hamda eski MKning 96-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritib, ana undan keyin buyruq chiqarilishi kerak edi. Agar haqiqatdan ham holat doimiy boshqa ishga o‘tkazish bo‘lgan bo‘lsa, biroq yuqoridagi talablar ish beruvchi tomonidan amalda bajarilmagan bo‘lsa, demak jarayonni bemalol noqonuniy deb aytishimiz mumkin.

Da’vo muddatiga keladigan bo‘lsak. Eski Mehnat kodeksining 270-moddasiga ko‘ra, sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilangan edi:

➖ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab 1 oy;

➖xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab 1 yil;

➖boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab 3 oy.

Quyi sudlar da’vo muddatini qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘ygan degan fikr bo‘lyapti. Sizdagi vaziyat mehnat shartnomasini bekor qilish, ya’ni ishdan bo‘shatish nizosi emas, bu nizo boshqa ishga o‘tkazishning noqonuniyligi hususida bo‘lgan. Shunday ekan, bu vaziyatda eski MK 270-moddasidagi mehnat shartnomasini bekor qilishga oid 1 oylik da’vo muddati noto‘g‘ri qo‘llangan.

Boshqa ishga o‘tkazishga oid mehnat nizolari MK 270-modda 1-qismidagi uchinchi vaziyatga, ya’ni boshqa mehnat nizolariga tushadi. Bunday hollarda xodim o‘zining boshqa ishga o‘tkazishga oid huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab 3 oy ichida sudga da’vo kiritish huquqiga ega edi.

O`rta Chirchiq tumani YUXKM

bosh yuriskonsulti                                                                    A.Ibragimov