Янгиликлар
O‘qituvchi fevralda ishga kirgan, ta’til vaqti va ta’til puli
O‘qituvchi fevralda ishga kirgan, ta’til vaqti va ta’til puli
Mehnat kodeksining 227-moddasi 1-qismida shunday qoidalar bor:
➖har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi;
➖mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.
Ushbu qoidalarning mazmuni shunday. Masalan, o‘qituvchi o‘quv yilining yarmidan, deylik siz aytgandek, 2023 yil fevral oyida ishga kirgan bo‘lsa ham mehnat ta’tili yozgi mavsumda to‘liq davomiylikda berilishi shart. Hukumat qarori chiqib qoladigan bo‘lsa, unga ko‘ra misol uchun 56 kalendar kun hisobida. Ya’ni, qolgan o‘qituvchilar bilan bir xil muddatda. Lekin to‘lovi borasida unday bo‘lmaydi. Ta’til puli o‘sha o‘qituvchining ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda beriladi. Bu e’tibor bering, o‘qituvchining birinchi ish yilidagi ta’tiliga tegishli.
O‘qituvchining ikkinchi va undan keyingi ish yillari bo‘yicha esa shubhasiz, mehnat ta’tili puli to‘liq to‘lanadi. Ta’til qaysi vaqtda berilishidan qat’iy nazar.
O`rta Chirchiq tumani YUXKM
bosh yuriskonsulti A.Ibragimov