Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mavsumiy xodimlarga dastlabki sinov


Mavsumiy xodimlarga dastlabki sinov

Yangi MKning 129-moddasida quyidagilarga dastlabki sinov muddati belgilanmasligi ko‘rsatilgan:

➖homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

➖zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

➖davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

➖tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

➖o‘zi bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

➖18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

➖ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

➖ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;

➖jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

Qarang, yuqoridagi ro‘yhatda mavsumiy ishlarga qabul qilinadigan xodimlar mavjud emas. Lekin, yangi Mehnat kodeksining 492-moddasida aniq aytib qo‘yilgan: “mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi”.

 

O`rta Chirchiq tumani YUXKM

bosh yuriskonsulti                                                                    A.Ibragimov