Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xodim ish joyida bo’lmaganligi sababli u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish.


Xodim ish joyida bo’lmaganligi sababli u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish.

Yangi Mehnat kodeksining 162-moddasiga asosan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati:

➖ichki mehnat tartibi qoidalari;

➖ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tashkilot mulkdori va rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi;

➖o‘ziga nisbatan intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom to‘g‘risidagi ustavlar hamda nizomlar bilan belgilanishi nazarda tutilgan.

Eski Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 4-bandida deyarli shunday qoida bor edi.

Demak, umumiy xodimlar uchun korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida, tashkilot rahbarlari uchun esa, mulkdor va o‘sha rahbarlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasida qancha vaqt ishda bo‘lmaslik progul sifatida mehnat majburiyatini bir marta qo‘pol ravishda buzilishi sifatida ko‘rsatilishi kerak.

Bu har xil tashkilotlarda har xil bo‘lishi mumkin: kimdadir 4 soat, kimdadir 3 soat, kimdadir ish kuni davomida ishda bo‘lmaslik bir marta qo‘pol buzilish sifatida qayd etilishi mumkin.

Xullas, ish beruvchilar ichki mehnat tartibi qoidalarida majburiyatini bir marta qo‘pol ravishda buzishlar ro‘yhatiga kiritilgan progulga yo‘l qo‘ygan xodimlar bilan mehnat shartnomasini, intizomiy jazo sifatida MK 161-modda ikkinchi qism 5-bandiga asosan bekor qilish mumkin.

 

O`rta Chirchiq tumani YUXKM

bosh yuriskonsulti                                                                    A.Ibragimov