Янгиликлар
Oldingi raxbar xodim sud hukmi bilan qayta oqlanganda, undan keyingi xodimning huquqiy holati.
Oldingi raxbar xodim sud hukmi bilan qayta oqlanganda, undan keyingi xodimning huquqiy holati.
Bu vaziyatda “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasiga asosan, “qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart”.
Shunday ekan, oqlangan rahbarning o‘z ishiga tiklanishi muqarrar.
Yangi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinchi qismi 2-bandiga muvofiq, shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan bekor qilinadi.
Biroq, Mehnat kodeksining 144-moddasi ish beruvchiga sizni boshqa ishda olib qolish borasida alohida majburiyat ham yuklaydi. Ya’ni, MK 144-moddaning 1 va 2-qismlariga muvofiq ish beruvchi avval sizga ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligingiz va malakaegiziga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishi, bunday ish bo‘lmagan taqdirda ham mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.
Ya’ni, masalan, tizimdagi bo‘sh turgan boshqa xuddi shunday tashkilot rahbarligi laovzimini, yoki malakangiz va mutaxassisligingiz to‘g‘ri keladigan boshqa bo‘sh ish o‘rnini xodimga taklif etilishi shart. Ish beruvchi mazkur majburiyatini ado etmasdan turib, keying raxbar xodimni ishdan bo‘shatish yuborishi qonuniy bo‘lmaydi.
Demak, mazkur vaziyatda Mehnat kodeksining 144-moddasi talablari avval yangi xodimni tizimdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kerak bo‘lsa, xozirgi lavozimingizga teng bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lsa, o‘sha ishga joylashtirishni taqozo qiladi.
O`rta Chirchiq tumani YUXKM
bosh yuriskonsulti D.Jo`ramurodov