Янгиликлар
Mehnat shartnomasi shtatlar jadvali qisqarishi sababli bekor qilinganda xodimning “raschetniy” kompensatsiyalar to’lash kechiktirilgan taqdirda.
Mehnat shartnomasi shtatlar jadvali qisqarishi sababli bekor qilinganda xodimning “raschetniy” kompensatsiyalar to’lash kechiktirilgan taqdirda.
Ushbu vaziyatda eski Mehnat kodeksining 110-moddasi va yangi Mehnat kodeksining 172-moddasi talablariga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan summalar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshirilishi lozim edi deb hisoblaymiz.
Bunda biz xodimga to‘lanadigan “raschetniy” to‘lovlari sifatida: – oxirigacha olinmagan ish haqini;
– xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
– shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni tushunamiz.
Agar ish beruvchingiz hali ham “raschetniy”ni to‘lamagan bo‘lsa, demak u mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzib, ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yayotgan bo‘ladi. Agar shikoyat qilsangiz, mehnat inspektorlari unga MJtKning 49-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo‘llashi mumkin.
Bundan tashqari, yangi Mehnat kodeksining 333-moddasiga muvofiq ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni to‘lash muddatini buzsa ham, har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart. Bunda xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdori Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida belgilanadi.
Faqat bu yerda yangi Mehnat kodeksining 2023 yil 30 aprel kunidan kuchga kirganini va u o‘zidan oldingi davrdagi munosabatlarga tadbiq etilmasligini e’tiborga olishimiz kerak.
Lekin baribir, sobiq ish beruvchingiz yangi Kodeks kuchga kirgan – 2023 yil 30 aprel kunidan boshlab, to‘lanmagan “raschetniy”ning uchun har bir kechiktirilgan kuni uchun sizga MBning qayta moliyalash stavkasining 10 foizidan kelib chiqib kompensatsiya to‘laydi.
Mazkur kompensatsiya ish beruvchining aybi bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar qoplab berilishi kerak bo‘ladi. Shunaqa gaplar.
O`rta Chirchiq tumani YUXKM
bosh yuriskonsulti D.Jo`ramurodov