Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Bir kunda ham ishdan bo’shab ham keying ishda ish boshlash tartibi.


Bir kunda ham ishdan bo’shab ham keying ishda ish boshlash tartibi.

Mehnat kodeksining 170-moddasi 2-qismiga ko‘ra “oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kundir”.

Mana shu qoida savolingizga asosiy javobdir. Ya’ni, xodim 2023 yilning 1 iyun kuni ishdan bo‘shar ekan, bu xodim uchun 1 iyun kuni ishdan bo‘shayotgan ishxonasidagi oxirgi ish kuni bo‘ladi.

Ya’ni, eski ishxonadagi ish vaqti soat 9.00 dan 18.00 ga qadar bo‘ladigan bo‘lsa, demak, xodim 1 iyun kuni soat 18.00 ga qadar eski ishxonasida ishda bo‘ladi. Bu esa, o‘z-o‘zidan 1 iyun kuni keyingi tashkilotda bu xodimning ishi boshlashiga imkon yo‘qligini anglatadi. Boshqa korxonadagi ish kuni 2 iyun yoki undan keyingi kunlar bilan boshlanishi mumkin.

Bitta yechim bor va bu Mehnat kodeksining 186-moddasidir.

Bu moddaga ko‘ra, “mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishga qabul qilish chog‘ida va keyinchalik to‘liqsiz ish vaqti (to‘liqsiz ish kuni (smena) va (yoki) to‘liqsiz ish haftasi, shu jumladan ish kunini qismlarga bo‘lgan holda) belgilanishi mumkin” deyilgan.

Ya’ni, agar xodim va birinchi ish beruvchi o‘zaro kelishib, xodim ishdan bo‘shaydigan 1 iyun kunini to‘liqsiz ish kuni deb, bu kundagi ish vaqtini masalan, soat 9.00 dan soat 13.00 gacha deb belgilashi mumkin.

Shunda, xodimning birinchi ish beruvchidagi oxirgi ish kuni va ish vaqti 1 iyun soat 13.00 gacha bo‘ladi, natijada ikkinchi ish beruvchidagi birinchi ish kuni 1 iyun kuni soat 14.00 dan boshlanishi mumkin.

 

O`rta Chirchiq tumani YUXKM

bosh yuriskonsulti                                                                    D.Jo`ramurodov