Янгиликлар
Yangi qabul qilingan Mehnat kodeksining xodimlarga bergan kafolatlari
Yangi qabul qilingan Mehnat kodeksining xodimlarga bergan kafolatlari
Yangilangan Mehnat kodeksida Xalqaro Millatlar Tashkilotlari konvensiyalari va tavsiyalariga asoslangan huquqiy yechimlar oʻz aksini topgan boʻlib, myehnatning moslashuvchan tartibga solinishiga erishishga qaratilgan ilgʻor xorijiy tajriba inobatga olingan.
Mehnat Kodeksida kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, murabbiylik tushunchalari ochib berilgan, kasb standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va qoʻllash tartibi oʻrnatilgan, ish beruvchilar va xodimlarning kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish yuzasidan huquq va majburiyatlari mustahkamlangan
Ishni taʼlim bilan qoʻshib olib borayotgan xodimlar uchun ish beruvchi bajarishi shart boʻlgan qoʻshimcha kafolatlar joriy etildi. Oʻqish ish bilan qoʻshib olib borilganda kompensatsiyalarni berish shartlariga aniqlik kiritilgan.
Shuningdek, mehnatga haq toʻlash va meʼyorlashtirish, kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlariga bogʻliq bir qator oʻzgarishlar nazarda tutilgan. Myehnat kodeksida koʻzda tutilishicha, xodimlarning alohida toifalari uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishiladigan mehnatga haq toʻlash tizimini oʻrnatish shart emas.
Masalan, Myehnat kodeksiga koʻra, ish beruvchi–mikrofirma ichki normativ hujjatlarni: IMTQ, mehnatga haq toʻlash, mukofotlash, smenalilik jadvali haqidagi nizomlar va hokazolarni qabul qilishdan voz kechishi mumkin. Bu holda ichki normativ hujjatlar bilan belgilanadigan shartlar, shu jumladan mehnatga haq toʻlash haqidagi shartlar xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga kiritiladi.
Ish beruvchilar mehnatga haq toʻlashning tarifli va tarifsiz tizimlarini qoʻllashi mumkin. Birinchi marta ish beruvchining xodim oldidagi moddiy javobgarligi nazarda tutilgan. unday javobgarlik miqdori “Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi” nomli bobda belgilangan.
Ilk marotaba yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan barcha holatlar uchun oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibi belgilangan.
Agar xodim lavozim vazifalarini bajarmasa, mehnatga haq qanday toʻlanishi aniqlashtirilgan. Agar xodim ish beruvchining aybi bilan mehnat normasini yoki oʻz lavozim majburiyatlarini bajarmasa, mehnatga haq toʻlash xodim ishlab bergan vaqt uchun mutanosib ravishda uning oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlanadi. Agar xodim ish beruvchi va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra mehnat normasini yoki oʻz lavozim majburiyatlarini bajarmasa, u holda haqiqatda ishlab berilgan vaqtga mutanosib tarzda hisoblab chiqilgan xodimning tarif stavkasi, lavozim maoshining kamida uchdan ikki qismi saqlanadi. Agar mehnat normasi yoki lavozim majburiyatlari bajarilmasligiga xodimning oʻzi sababchi boʻlsa, ish haqi bajarilgan ish hajmiga muvofiq toʻlanadi.
Xodim grafik boʻyicha ishlagan boʻlsa, dam olish yoki bayram kunlarida ishlaganlik uchun va bekor turib qolganlik uchun ish haqi toʻlash tartibi aniqlashtirilgan. Xodimning ish haqidan ushlab qolishlar batafsil tartibga solingan. Kodeksda mehnat shartnomasini bekor qilishning mehnat taʼtilining ishlanmagan davrga toʻgʻri keladigan kunlar uchun ushlab qolinmaydigan asoslari kengaytirilgan.
Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi bolalarni parvarishlash va ularning tarbiyasi bilan bogʻliq qoʻshimcha oilaviy majburiyatlarga ega shaxslar doirasini belgilashga yondashuvni oʻzgartirdi. Kodeksda ota-onadan qaysi biri bolani parvarishlash bilan shugʻullanishini hamda tegishli imtiyozlar va kafolatlardan foydalanishini oʻzi hal qiladigan holatlar nazarda tutilgan.
Masalan, homilador ayollarga birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalarida tugʻruqdan oldin qarash uchun–bu yerga prenatal skrining va diagnostika, majburiy tibbiy koʻriklar va muolajalar kiradi, – ishdan ozod qoʻshimcha kunlar beriladi. Ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasi muddati tugagan taqdirda, ish beruvchi uning yozma arizasiga binoan va homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etgan taqdirda, mehnat shartnomasining amal qilish muddatini homiladorlikning oxirigacha va unga belgilangan tartibda tugʻruq taʼtillari berilgan holda–ushbu taʼtil oxiriga qadar uzaytirishi shart boʻladi.
Shuningdek, kodeksdagi mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qoidalar, ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tugʻruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy koʻriklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha boʻsh kunlar berishi shartligi, xodimlar, pensiya yoshiga yetganlar hamda tadbirkorlar uchun imtiyozlar va imkoniyatlar hamda aholi bandligini oshirishga doir boshqa koʻplab yangi normalar kiritilgan.
Said Hasanboyev,
Parkent tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi