Янгиликлар
Murojaat va masʼuliyat
Murojaat va masʼuliyat
Bugun adliya tizimi va ularning hududlardagi boʻlimlari oʻz faoliyatida hamisha ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilmoqda. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yoʻnalishlarida fuqarolarning murojaatlari doimo eʼtiborda.
Toshkent viloyati adliya boshqarmasida joriy yilning oʻtgan olti oyida jami 4 ming 565 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 4 ming 317 tasi (94 foizi) hal etilgan boʻlib, shu jumladan 2 ming 866 tasi ( 62 foizi) qanoatlantirildi. 1 ming 451 ta murojaat boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi.
Masalan, Toshkent viloyat adliya boshqarmasiga “Obod Taʼmir” MCHJning Toshkent viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK qurilish pudrat shartnomasiga asosan bajarilgan ishlar uchun 562,7 mln.soʻm miqdorida pul mablagʻlari toʻlab berilmayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatni oʻrganish davomida “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan bajarilgan ishlar uchun “Obod Taʼmir” MCHJga shartnomadagi pullar toʻlab berilmagani aniqlandi.
Adliya boshqarmasi tomonidan ushbu holat yuzasidan Oʻrta Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sud tomonidan ariza toʻliq qanoatlantirilib, hal qiluv qaroriga asosan “Obod Taʼmir” MCHJga 562,7 mln.soʻm miqdorida pul mablagʻlari toʻlab berilishi taʼminlandi.
Fuqaro I.Razikovning turar joyi Nurafshon shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinganligi, kompensatsiya pullari esa toʻlanmay kelayotganidan norozi boʻlib murojaat qildi.
Mazkur murojaat oʻrganilganda, haqiqatdan ham 334 mln soʻmlik kompensatsiya toʻlovlari undirilmaganligi aniqlandi. I.Razikovning manfaatini yuzasidan fuqaroliq ishlari boʻyicha Oʻrta Chirchiq tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi va I. Razikov foydasiga 334 mln. soʻm miqdoridagi kompensatsiya puli undirilishi belgilandi.
Bugun aholining murojaatini oʻz vaqtida oʻrganib, muammosini hal etish, ularga amaliy yordam koʻrsatish inson qadrini yana bir pogʻona yuksakka koʻtaradi. Eng muhimi ishonch. Bu esa barchamizning oldimizda turgan eng katta vazifadir.
Qahramon Xafizov,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
masʼul xodimi