Янгиликлар
Davlat xizmatlari boʻyicha 8 mingdan ortiq qonunbuzilish aniqlandi
Davlat xizmatlari boʻyicha 8 mingdan ortiq qonunbuzilish aniqlandi
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilot
va idoralarning davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyati oʻrganilganda, ayrim tashkilotlar faoliyatida tizimli muammolar va qonun buzilishlar aniqlandi.
Xususan, joriy yilning oʻtgan olti oyida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda 42 marotaba oʻrganish, jumladan, 14 tasi murojaatlar asosida va 33 marotaba monitoring tadbirlari oʻtkazildi. Unda vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida 8 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
Bularning 8 ming 35 tasida muddat buzilgan boʻlsa, 175 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan, 97 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlanib, masʼul shaxslarga nisbatan taʼsir choralari qoʻllanilgan. Qonunbuzilish holatlari idoralar kesimida tahlil qilinganda kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarida 3 ming 290 ta, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy tuzilmalarida 1 ming 333 ta, Davlat kadastrlar palatasi hududiy tuzilmalarida 1 ming 329 ta, Sogʻliqni saqlash idoralari tomonidan 802 ta, Soliq organlari tomonidan 663 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
Shuningdek, 216 ta bandlik va mehnat munosabatlari idoralari, 210 ta mahalliy hokimliklar tizimida, 15 ta bojxona idoralari, 449 tasi esa boshqa xizmat koʻrsatuvchi idoralar tomonidan qonunbuzilish holatlari qayd etildi.
Boshqarma tomonidan vakolatli idoralarga 214 ta ogohnoma, 15 ta taqdimnoma kiritilib, 40 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. 190 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.
Hozirda, Toshkent viloyati adliya boshqarmasida davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishda qonunbuzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan tegishli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Abbos Ahmedov,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
shoʻba mudiri