Янгиликлар
Toshkent viloyatida oʻtgan 6 oyda 758 mingdan ortiq davlat xizmtalari koʻrsatildi
Toshkent viloyatida oʻtgan 6 oyda 758 mingdan ortiq davlat xizmtalari koʻrsatildi
Toshkent viloyatida oʻtgan 2023-yilning oʻtgan olti oyida 22 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga 758 mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali 248 ming 474 ta ariza yuborildi.
Eng koʻp foydalanilgan davlat xizmatlari bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirish 67 ming 614 ta, kadastr pasportini berish 44 ming 309 ta, Narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish 39 ming 380 ta, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza yuborish 36 ming 746 ta, pensiya (nafaqa) haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha eas 14 ming 640 ta ni tashkil etdi.
Ikkinchi chorak yakuniga koʻra, Qibray tuman Davlat xizmatlari markazi orqali eng koʻp davlat xizmatlari koʻrsatildi. Jumladan, Qibray tumanida 23 ming 10 ta, Toshkent tumanida 17 ming 635 ta, Chirchiq shahrida 16 ming 896 ta, Angren shahar DXMda esa 12 ming 834 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.
2023-yilning 6 oyi davomida davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 16 ming 924 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan 3 ming 666 tasi yuridik shaxslar, 13 ming 258 tasi yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari. DXMlar orqali 26 ta Xorijiy investitsiya ishtirokidagi (qoʻshma va xorijiy) korxonalar hamda 11 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtgan.
Olis, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga boʻlgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida 6 ming 561 ta sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Xurshid Pirnazarov,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
shoʻba mudiri