Янгиликлар
Ko’pxotinlikni targ'ib qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Ohangaron shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yurstkonsulti
Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li
Ko’pxotinlikni targ'ib qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Qonunchilik palatasi deputatlari Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni ko‘rib chiqdi. Unga ko‘ra quyidagi harakatlar uchun uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda:
milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarning boshqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirganlik uchun — jinoiy va ma’muriy;
ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun — ma’muriy;
jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun — ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.