Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Maktab direktorlari maʻnaviy-maʻrifiy ishlar va oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlarini oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish huquqiga ega.


Ohangaron shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yurstkonsulti

Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li

 

Maktab direktorlari maʻnaviy-maʻrifiy ishlar va oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlarini oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish huquqiga ega.

 

Oʻzbekiston respublikasi prezidentining 26.05.2023-yilda qabul qilingan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 79—son farmoniga asosan 2023-yil 1-sentabrdan boshlab umumiy oʻrta taʻlim muassasalari direktorlariga oʻz oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida oʻquv rejalariga 15 foizgacha oʻzgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi; tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimlarining umumiy oʻrta taʻlim muassasalari faoliyatini tekshirish va taʻlim sifatini baholash boʻyicha vakolatlari bekor qilinadi.

Shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy oʻrta taʻlim muassasalari direktorlaridan iborat boʻlgan Direktorlar kengashlari tuziladi va umumiy oʻrta taʻlim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash Direktorlar kengashi tavsiyasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda –– hududiy boshqarmalar) tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʻlim muassasalari direktorlarini har besh yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda, sertifikatsiyadan oʻta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etilishi belgilandi.