Янгиликлар
Noturar joyni turar joyga o’zgartirish tartibi qanday?
Ohangaron shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yurstkonsulti
Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li
Noturar joyni turar joyga o’zgartirish tartibi qanday?
Buning uchun vakolatli organdan ruxsatnoma olinishi kerak bo‘ladi. Ko‘chmas mulkni noturar joydan turar joy toifasiga o‘tkazish bo‘yicha ruxsatnomani fuqaroning doimiy yashash joyidagi Аrxitektura va qurilish boshqarmasining hududiy tegishli bo‘limi(vakolatli organ) beradi.
- Ruxsatnoma olish uchun fuqaro birinchi navbatda, Davlat xizmatlari markazi (yagona darcha)ga ariza bilan murojaat qilishi kerak
- 1-bosqich. So‘rovnoma to‘ldiriladi.
- 2-bosqich. Noturar joyga birgalikda egalik qiluvchilar, doimiy propiska qilingan voyaga yetgan oila a‘zolari hamda doimiy propiskada turuvchi (mavjud bo‘lsa) boshqa shaxslarning notarial tasdiqlangan yozma roziligi ilova qilinadi.
- 3-bosqich. Аrizani ko‘rib chiqish uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
Nukus shahri va viloyat markazlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10% (24 500 so‘m)
Toshkent shahri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20% (49 000 so‘m)
Tumanlar va shaharlardagi tumanlar hududi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30% (73 500 so‘m)
Eslatma: Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) hozirgi kunda 245 000 so‘m
Belgilangan muddat 6 ish kuni
Noturar joylarni turar joy toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma‘muriy reglamenti asosida berilgan shartlarga mos keladigan noturar joylarni turar joy toifasiga belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkaziladi.
Buning uchun qancha miqdorda to‘lov undiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli qaroriga bilan tasdiqlangan ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibga asosan o‘zingiz nomingizga kadastr pasportini tayyorlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha belgilangan tarif asosida to‘lov undiriladi.
Keyinchalik, fuqaro qayerga murojaat qilishi kerak?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan noturar joy yakka tartibdagi turar-joy toifasiga o‘tgazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Buning uchun fuqaro doimiy yashash joyidagi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘limiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma‘muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori.