Янгиликлар
Ta’til berish muddati o’zgarmoqda
Ta’til berish muddati o’zgarmoqda
Yangi tahrirda qabul qilingan mehnat kodeksiga asosan yillik asosiy ta’til muddati 21 kalendar kun qilib belgilanishi ko’zda tutilgan. Hozirgi kunda amaldagi mehnat kodeksining 134-moddasiga asosan xodimlarga 15 ish kunidan iborat haq to’lanadigan yillik mehnat ta’tili beriladi. Shuningdek yangi tahrirda qabul qilingan mehnat kodeksiga ko’ra, davlat hokimyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun bo’lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi. Xodimlarga bitta tashkilotda ishlagan har 5 yil uchun 2 kalendar kun, ammo jami 8 kalendar kundan ko’p bo’lmagan har yilgi qo’shimcha mehnat ta’tili beriladi. Ushbu o’zgarishlar shuni ko’rsatadiki, ta’til muddatini kalendar kun bilan hisoblash tartibi joriy etilmoqda. Bugunga qadar ushbu muddat amaldagi mehnat kodeksiga ko’ra, ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqarib kelinmoqda.
Ohangaron Shahar yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti Raxmatillayev Jonibek Asadilla o’g’li