Янгиликлар
Assalomu alaykum! Savolim bor edi. Bir xodimimiz 7-sentyabr kuni oʻz xohishiga koʻra ariza yozib 8-sentyabr kunidan mehnat shartnomasini bekor qilishni soʻradi. Ish beruvchi taraflar oʻrtasida kelishuv tuzib, 08.09.2023-yildan mehnat shartnomani MK 160-mo
Assalomu alaykum! Savolim bor edi. Bir xodimimiz 7-sentyabr kuni oʻz xohishiga koʻra ariza yozib 8-sentyabr kunidan mehnat shartnomasini bekor qilishni soʻradi. Ish beruvchi taraflar oʻrtasida kelishuv tuzib, 08.09.2023-yildan mehnat shartnomani MK 160-moddasiga koʻra bekor qildi. Endi xodim 8-sentyabr kuni kelib arizani qaytarib olish haqida ariza berdi. Endi nima qilsak boʻladi, kelishuv boʻlganku buyruqni bekor qilmasak boʻladimi?
Bunday holatda xodim arizani qaytarib (chaqirib) olish huquqi bor.
Yaʼni, xodimning ogohlantirish muddati MKning 160-moddasi 4-qismiga asosan taraflar oʻtrasidagi kelishuvga koʻra bekor qilingan boʻlsa ham xodim arizani ish kuni tugagunga qadar, ishdan boʻshash haqidagi arizasini qaytarib olish talabi bilan ariza yozishi mumkin. Buni quyidagicha asoslaymiz.
MKning 160-moddasi 2-qismiga koʻra, ogohlantirish muddatining oʻtishi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi olinganidan soʻng keyingi kunda boshlanadi.
Shuningdek, MKning 170-moddasi 2-qismiga boʻyicha xodimning oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kundir. Agar oxirgi ish kuni dam olish kuniga yohud ishlanmaydigan bayram kuniga yoki boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni oxirgi ish kuni deb hisoblanadi.
Eʼtibor bering. Umumiy tartibda xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini 14 kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli (yana boshqa muddatlar ham bor). Bunda ushbu 14 kunlik muddatda yoki taraflarning kelishuviga koʻra belgilangan ogohlantirish muddati davomida, shu jumladan ogohlantirish muddati soʻnggi kuni ish vaqti tugaguniga qadar xodim oʻzi bergan arizani chaqirib olishga haqlidir.
Demak, ogohlantirish muddati 8-sentyabr deb olsak, garchi buyruq chiqib boʻlgan boʻlsa ham xodim ish kuni yakunlangan kunga qadar arizasini qaytarib olishi qonuniy talab boʻladi. Bunda ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyrugʻini bekor qilib, xodimni avvalgi ishini davom ettirishga ruxsat berishi shart.
B.Oʻsmonov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM bosh yuristkonsulti