Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

DEKRETGA KETGAN XODIMNING LAVOZIMI BOSHQA XODIMGA YUKLATILSA, QOʻSHIMCHA HAQ TOʻLANADIMI?


DEKRETGA KETGAN XODIMNING LAVOZIMI BOSHQA XODIMGA YUKLATILSA, QOʻSHIMCHA HAQ TOʻLANADIMI?

SAVOL. Assalomu-aleykum. Menda bitta savol bor edi davlat muassasida ishlayman yakinda bizda bitta xodim bola parvarishiga (dekret) ga ketti uning ishini buyruq bilan boshka xodimga yuklatilsa unga 30 foiz ustama haqi toʻlanadimi?

JAVOB. Mehnat kodeksining 259-moddasiga asosan bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganda, ish hajmi koʻpayganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qoʻshimcha toʻlov belgilanadi va toʻlanadi:

byudjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;

byudjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda.

Yaʼni, siz aytgan vaziyatda xodimga uning asosiy ishini bajarayotgan vaqtda boshqa lavozimdagi ish qoʻshimcha vazifa sifatida yuklansa, uning ish haqiga qoʻshimcha ish haqi belgilanishi kerak.

Agar bu byudjet tashkiloti boʻlmasa, ish haqida qoʻshimchaning miqdori amalda bajarilgan qoʻshimcha ish xajmidan kelib chiqib toʻlanadi va bunda 50 foizgacha degan cheklov boʻlmaydi.

Agar tashkilot byudjet tashkiloti boʻlsa, bunda ish haqiga qoʻshimchaning miqdori lavozim maoshining 50 foizidan oshmasligi kerak. Qarang, vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning lavozimi uning shtatdagi oʻrinbosari, shuningdek, mansab-yoʻriqnomasiga asosan vaqtinchalik yoʻq boʻlgan xodimning vazifasi uning majburiyatlariga aylanadigan shaxslarga zimmasiga yuklatilganda qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilmaydi, buni ham unutmaslik kerak (MK 116-modda).

 

B.Oʻsmonov

Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM bosh yuristkonsulti