Янгиликлар
Ustama berish qachondan boshlanadi?
Ustama berish qachondan boshlanadi?
Assalom alaykum, men maktabda tarix fanidan dars beraman. Bir necha kun avval tarix fanidan milliy sertifikat natijlarini eʻlon qlinib, 94,4 ball bilan sertifikat oldim. Tarix fanidan olngan sertifikat uchun ustama qaror chiqqan kundan boshlab toʻlanishi kerakmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilangan.
Ushbu farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 29-iyulda 34 q/k, 15-xx sonli qoʻshma qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq oʻqituvchi bir nechta sertifikatga ega boʻlgan taqdirda, unga ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat boʻyicha toʻlanadi.
Bunda sizga ushbu ustama 2023/2024 oʻquv yili boshidan (sentyabr oyidan) toʻlanadi. Bunga sabab hozirda sizga taʼtil puli toʻlangan.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 233-moddasiga asosan har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi. Bunda sizga oʻrtacha oylik ish haqingizdan kelib chiqib taʼtil puli beriladi.
Ushbu kodeks 257-moddasi mazmuniga koʻra bunda sizning 1 yil davomida (taʼtil berilgunga qadar) maktabdan olgan ish haqingiz va boshqa toʻlovlar (ustama, moddiy yordam, mukofot) qoʻshilgan holda oʻrtacha oylik ish haqi hisoblanadi.
Aynan mana shu qoidaga koʻra ustama berish sentyabrdan boshlanadi.
B.Oʻsmonov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM bosh yuristkonsulti