Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Hukumat qarori bilan “Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni taʼsis etildi


Hukumat qarori bilan “Xalq salomatligi posboni” koʻkrak nishoni taʼsis etildi

Qarorga koʻra, koʻkrak nishon bilan quyidagilar taqdirlanadi:

mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini umummilliy harakatga aylantirishga munosib hissa qoʻshgan barcha darajadagi idora va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari;

jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirib, uni oʻz jamoasi va aholi orasida targʻib qilishda alohida namuna boʻlayotgan shaxslar va sport murabbiylari;

zararli odatlarning oldini olish, bartaraf etish, ularga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishgan va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda faollik koʻrsatgan fuqarolar;

aholiniig sogʻlom ovqatlanishini yoʻlga qoʻyish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratgan shaxslar;

hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi, atrof-muhit toza va ozodaligini taʼminlash, aholida sanitariya-gigiyenik koʻnikmalarni hosil qilish va mustahkamlash orqali kasalliklarning oldini olishga erishgan mutaxassislar;

surunkali kasalliklar profilaktikasida xavf omillarini bartaraf etish va turmush tarzini ijobiy tomonga oʻzgartirishga undaydigan dolzarb materiallar tayyorlagan OAV vakillari;

profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga va bu yoʻnalishda malakali kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qoʻshgan tibbiyot sohasi xodimlari va boshqa mutaxassislar.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekistan fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Koʻkrak nishoni har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni arafasida tantanali topshiriladi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida (1 mln 320 ming soʻm) bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

 

B.Oʻsmonov

Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM bosh yuristkonsulti