Янгиликлар
Toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi
Toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi
2023/2024 oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdori davlat oliy taʼlim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda ham bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati 2022/2023-oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Shuningdek, 2023/2024 oʻquv yili tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oʻtgan oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda oʻzgarishsiz qoladi.
2023/2024 oʻquv yili qabulida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi oʻquv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlaganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.
Tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktyabrgacha toʻliq toʻlagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma beriladi.
B.Oʻsmonov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM bosh yuristkonsulti