Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Pedogoglar tibbiy koʻtikdan oʻtishi munosabati bilan chiqimdor boʻlmaydi.


Pedogoglar tibbiy koʻtikdan oʻtishi munosabati bilan chiqimdor boʻlmaydi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 360, 501-moddalariga muvofiq hamda 29.08.1996-yilgi “Fuqarolar sogʻligini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 265-I-son Qonunining 17-bandiga muvofiq ishlab chiqarishlar hamda ayrim kasblarning xodimlari ishga kirish vaqtida dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtishlari belgilangan.

Tibbiy koʻriklar, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining 28.08.2012-yilgi №200-sonli “Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosam amalga oshiriladi.

Xususan, ish beruvchi har yili 1-dekabrgacha tashkilotda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi shart boʻlgan xodimlar lavozim kontingentini aniqlashi va shundan kelib chiqqan holda hududiy Sanitariya epidemiologiya xizmati va tashkilotning kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzish va tibbiy koʻrikni oʻtkazuvchi davolash-profilaktika muassasasiga taqdim etishi shartligi belgilangan. Oʻz navbatida davolash-profilaktika muassasasi rahbari har bir murojat etgan tashkilot yoki xoʻjalik subyekti boʻyicha alohida-alohida buyruq bilan tibbiy komissiya tashkil etishi belgilangan.

Nizomda xodimlarni shu munosabat bilan chiqimdor qilinmasligi alohida takidlangan.

 

Oʻrta Chirchiq tumani adliya

           boʻlimi bosh maslahatchisi                                                         M.Parxatov