Янгиликлар
Bosh buxgalter o‘z hohishi bilan ishdan bo‘shash uchun 1 oy oldin ariza yozadi, 14 kun emas.
Bosh buxgalter o‘z hohishi bilan ishdan bo‘shash uchun 1 oy oldin ariza yozadi, 14 kun emas.
2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan yangi Mehnat kodeksiga koʻra xodim oʻz tashabbusi (160-modda) bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda quyidagi ogohlantirish muddatlariga rioya qilish lozimligi belgilangan.
tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, tashkilotning bosh buxgalteri va tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari (ushbu Kodeks 489-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari);
mavsumiy xodimlar (ushbu Kodeks 494-moddasining birinchi qismi);
vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan shaxslar (ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi qismi);
mikrofirmalar ish beruvchilarining xodimlari (ushbu Kodeks 506-moddasining birinchi qismi);
yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan shaxslar (ushbu Kodeks 511-moddasining birinchi qismi);
uy ishchilari (ushbu Kodeks 518-moddasining birinchi qismi);
qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlar.
Yuqoridagi asosga koʻra, yangi Mehnat kodeksining 160 va 489-moddalariga asosan bosh buxgalterlar o‘z tashabbusi bilan ishdan bo‘shashi uchun ish beruvchini 14 kun emas, 489-moddasi talabiga rioya qilgan holda 1 oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi kerak.
Ya’ni, bosh buxgalterlar ariza yozganidan keyin 1 oydan keyin ishdan bo‘shatish buyrug‘i chiqadi. 14 kunlik ogohlantirish muddati umumiy toifa xodimlarga tegishli hisoblanadi.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi M.Parxatov