Янгиликлар
Xodimni boshqa ishga o‘tkazish tartibi.
Xodimni boshqa ishga o‘tkazish tartibi.
Mehnat kodeksining 140-moddasiga binoan xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Demak, sizni boshqa doimiy ishga majburlab o‘tkazgan bo‘lsa bu vaziyatda tuman (shahar) adliya bo‘limiga shikoyat qiling.
Agar vaqtinchalik ishga o‘tkazgan bo‘lsa unda kodeksning 139-moddasiga asosan xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan avvalgi ishini berishi shart.
Mehnat kodeksining 111-moddasiga asosan agar muddatli mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 112 yoki 113- moddasi qoidalarini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lsa, xodim bilan ushbu shartnomani tuzish asoslidir. Ko‘k havolani ustiga bosib, o‘sha moddalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
E’tibor bering! Ushbu kodeksning 111-moddasi 6-qismiga muvofiq nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz belgilangan muddatga qayta tuzilishi mumkin emas.
Moddaning 8-qismiga ko‘ra esa o‘zi bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar uchun nazarda tutilgan huquqlar va kafolatlarni berishdan bosh tortish maqsadida muddatli mehnat shartnomalarini tuzish taqiqlanadi.
Ko‘rib turibsizki, muddatli mehnat shartnomasi tuzish ham sizning ixtiyoringizda. Qolaversa, siz uchun nazarda tutilgan kafolat (sizning holatingizda “dekret”ga chiqish holati)ni berishda bosh tortish uchun ham bunday turdagi muddatli shartnomani tuzish mumkin emas.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi M.Parxatov