Янгиликлар
Xodimni boshqa ishga o‘tkazish tartibi. Mehnat kodeksining 140-moddasiga binoan xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Demak, sizni boshqa doimiy ishga majburlab o‘tkazgan bo‘lsa bu vaziyatda tuman (shahar) adli
OTM talabalariga ham homiladorlik va tug’ish ta’tili beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 344-son qaroriga “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risida” nizom O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish va akademik ta’tildan so‘ng ularning o‘qishini davom ettirish tartibini belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
- harbiy xizmatni o‘tash uchun;
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tug‘ish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.
Talabaga tibbiyot muassasasi xulosasi asosida OTM tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (Mehnat kodeksi 404-405-moddalari) akademik ta’til berilishi mumkin.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi boshligʻi O.Nishonov