Янгиликлар
Barcha bayram kunlari arafasida xodimlar 1 soat vaqtli kelishi mumkinmi?
Barcha bayram kunlari arafasida xodimlar 1 soat vaqtli kelishi mumkinmi?
Mehnat kodeksi 187-moddasiga ko’ra ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
MK 187-moddasi 2-qismiga ham e’tibor bering. Agar bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan holatda, yuqoridagi ishlanmaydigan bayram arafasidagi kamida 1 soatlik qisqartirilgan vaqt ish vaqtidan tashqari ish deb baholanadi hamda MK 262-moddasiga ko’ra, ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi yoki xodimning xohishiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq to‘lash o‘rniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qo‘shimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.
Mehnat kodeksi 208-moddasiga ko’ra, quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z bayrami;
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
E’tibor bering, bayram kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlarini chalg'itib yubormaslik lozim. O‘zbekiston Respublikasida qonun bilan tasdiqlangan bayramlar soni —30 dan ortiq. Shundan 9 tasi ishlanmaydigan, qolganlari esa ishlanadigan bayram kunlaridir. Misol, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni ishlanadigan bayram kuni.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi boshligʻi O.Nishonov