Янгиликлар
Pudrat shartnomasida kafolat muddati.
Pudrat shartnomasida kafolat muddati.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 23.12.2016 yildagi 306-sonli Qarorining 13-bandiga binoan FK 682-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafolat muddati ob’ekt buyurtmachi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab o‘n yilni tashkil etadi.
Sudlar kafolat muddatini hisoblashda shartnomada nazarda tutilgan kafolat muddati shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligiga e’tibor qaratishlari lozimligi belgilangan.
Buyurtmachi kafolat muddati o‘tganidan keyin ham ishning kamchiliklari yuzasidan talab bildirishi mumkin, agar bunday kamchiliklar ishni bajarish paytida pudratchi tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishi natijasida ro‘y berganligini isbotlasa.
Qarorning 14-bandiga ko‘ra agar qurilish pudrati shartnomasida bajarilgan ish haqining bir qismini kafolat muddati tugaganidan keyin to‘lab berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, pudratchi ushbu muddat tugagunga qadar bajarilgan ish haqini to‘liq hajmda to‘lab berishni talab qilish huquqiga ega emasligi ko‘rsatilgan
Shunga ko‘ra, kafolat muddati tugaguniga qadar bajarilgan ishlarning haqini to‘liq undirish so‘ralgan holda, sudlar pudratchining talabini kafolat muddati tugaganidan keyin to‘lanishi lozim bo‘lgan summani chegirib tashlagan holda qanoatlantirishlari lozim.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi boshligʻi O.Nishonov