Янгиликлар
Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi.
Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berilishi belgilangan. Shu munosabat bilan O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari), shuningdek o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xotin-qizlar uchun ta’lim kreditlari ta’lim shaklidan qat’iy nazar berililishi belgilangan.
Ushbu turdagi kreditlar agarda talabgor super-kontrakt, qo‘shma ta’lim, masofaviy ta’lim, ikkinchi mutaxassislikda ta’lim olayotgan bo‘lsa berilmaydi.
Ta’lim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar to‘lamaydi, davlat to‘lab beradi. Aniqrog‘i Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat ta’lim kreditining asosiy qismini to‘laydi xolos.
Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya
boʻlimi boshligʻi O.Nishonov