Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Pudrat shartnomasi g‘aznachilik bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.


Pudrat shartnomasi g‘aznachilik bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 23.12.2016 yildagi 306-sonli Qarorining 2.3-bandiga ko‘ra sudlarning e’tibori, qurilish pudrati shartnomasida muhim shartlarning mavjud bo‘lmaganligi va shunga ko‘ra shartnoma tuzilmagan deb hisoblanishi, agar bunday ishlarning bajarilganligi holati taqdim etilgan dalillar bilan isbotlansa, bajarilgan ishlar qiymatini undirish to‘g‘risidagi talabni rad etishga asos bo‘lmasligiga qaratilishi keltirilgan.

Biroq, bunday qurilish pudrati shartnomasi shartlari va (yoki) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik chorasini (neustoyka, foizlar undirish, zararni qoplash) qo‘llash to‘g‘risidagi talabni qanoatlantirish rad etilishi belgilangan.

Qarorning 3-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 122-moddasining uchinchi qismiga muvofiq, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular g‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin kuchga kiradi.

Shunga ko‘ra, agar g‘aznachilik bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqqan nizoni hal etishda, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi aniqlansa, sudlar mazkur qarorning 2.3-bandida belgilangan qoidalarni qo‘llaydi.

 

Oʻrta Chirchiq tumani adliya

           boʻlimi bosh maslahatchisi                                                         M.Parxatov